Rahbariyat
Muhammadiyev Ulugʻbek Islomovich
Davlat xizmatlari agentligi direktori
- info@davxizmat.uz
- +99871 207-00-66 (1000)
- Qabul kunlari: dushanba-juma, 16.00-18.00.
Muxammadiyev Ulugʻbek Islomovich - 1977-yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universiteti, 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti tamomlagan.
Oilali, 4 nafar farzandning otasi.
U. Muxammadiyev mehnat faoliyatini 1999-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti inspektori vazifasidan boshlab,
2001-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining ish yurituvchisi,
2002-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi Kotibiyatining yetakchi inspektori,
2003-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining referenti,
2008-2017-yillarda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyasi, bosh mutaxassisi, sudlov hayʼati raisi,
2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati yetakchi inspektori, shoʻba mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari,
2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
U. Muxammadiyev 2020-yil 29-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Muxammadiyev Nuʼmon Usmonovich
Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari
- info@davxizmat.uz
- +99871 207-00-66 /10-03/
- Qabul kunlari: dushanba-juma, 14.00-16:00.