Funksiya va vazifalar

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

2) ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

5) davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

6) davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

 

Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

1) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikning topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

davlat xizmati koʻrsatish holati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;

davlat xizmatlari markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;

yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatiga olishni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi.

 

2) ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiq va gʻovlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini, ularning masʼuliyati va ijro intizomi kuchaytirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan qayta aloqani taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha mexanizmlar yaratilishini taʼminlaydi;

idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi;

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali oʻrtasida axborot almashish faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatishda fuqarolardan talab qilinadigan hujjatlar va maʼlumotlarni qisqartirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda soʻrovlar olib boradi.

 

3) Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

Davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek, uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini taʼminlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarining Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish va (yoki) chiqarib tashlash boʻyicha takliflar kiritadi.

 

4) davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

davlat organlari, boshqa tashkilotlar va davlat xizmatlari markazlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan hamkorligini kengaytirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi

davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqadi;

davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatishda ishlatiladigan elektron raqamli imzoni olish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi;

qogʻoz sansalorligi va byurokratizmdan voz kechish yoʻli bilan toʻliq elektron shaklda davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish va integratsiya qilish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va samaradorligini baholaydi.

 

5) davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibi bajarilishi boʻyicha ishini nazorat qiladi;

maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi;

davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtayi nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo koʻllaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyati haqida va ushbu sohada qonun buzilishlari va unga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi.

 

6) davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni koʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda maʼmuriy tartib-taomillar, shu jumladan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini soddalashtirish va optimallashtirishni, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan davlat boshqaruvi innovatsion shakllarini joriy etishni tashkil etadi;

davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ilgʻor axborot-aloqa texnologiyalarini, shu jumladan, Internet tarmogʻi va elektron raqamli imzolar keng qoʻllanilishi orqali faol joriy etishni tashkil etadi;

davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan murojaat etuvchilar oʻrtasida bevosita muloqotsiz hamkorlikni taʼminlash choralarini amalga oshiradi;

davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi;

davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotning toʻliq ochiqligi va undan foydalanish imkoniyati ustidan nazorat qiladi.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech