Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Ma'naviyat va ma'rifat

 

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi

 

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

 

Tanlov tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

 

Birinchi yo‘nalishida – “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

 

Ikkinchi yo‘nalishda – “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

 

Uchinchi yo‘nalishida – “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

 

Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

 

Darvoqe, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi.

 

Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (ichki raqam 232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz (http://til.gov.uz/uz/contest/announcement/) sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!