Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

102 yoshni qarshilagan mijoz.

views 10 Yanvar 2022
views 77

 

 

#Sayyor_xizmat

 

102 yoshni qarshilagan mijoz.

 

Yurtimizda qariyalarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Jumladan Davlat xizmatlari agentligi xodimlari ham koʻpni koʻrgan otaxonu, onaxonlarga xizmat koʻrsatish maqsadida joylarga chiqqan holda sayyor xizmatlar koʻrsatib keladi.

 

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Quymozor” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1920-yilda tavallud topgan onaxon Robaxon Gʻaniyeva yashash xonadoning hujjatlarini tartibga keltirish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildi. Ikki asrni koʻrgan onaxon murojaati qanoatlantirilib, markaz xodimlari tomonidan sayyor xizmat koʻrsatildi.

 

Robaxon buvini tumanda tanimagan odam yoʻq. Onaxonni xushmuomala, madaniyatli, mehmondoʻst ona sifatida qadrlashadi. Markazga ham onaxonnig farzandlari murojaat qilganda, labbay deya ular tomon shoshildik. Uylariga kelib, “Kadastr pasportini shakllantirish” boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatdik, deydi Toʻraqoʻrgʻon tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi Jamolov.

 

Shuningdek, Uchqoʻrgʻon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “DXM-Mahalla-Fuqaro” tamoyili asosida tumaning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻinida tushuntirish-targʻibot tadbirlari amalga oshirildi. Targʻibot tadbiri davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 15 dan ortiq sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

 

Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi 1947-yilda tugʻilgan Muhammadjon ota Sharipov xonadoniga borilib “Kadastr pasportini shakllantirish” hamda “ Pensiya miqdorini aniqlash” boʻyicha sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

 

Maʼlumot oʻrnida: Namangan viloyatida 2021-yil davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 20 157 ta sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!