Biz sizni eshitamiz!

views 16 Sentabr 2020
views 137

Pandemiya sharoitida uchrashuvlar va yigʻilishlar oʻtkazish vaqtincha toʻxtatilganligi sababli sayyor qabullar ham maʼlum muddat oʻtkazilmay turildi.

 

Biroq, bu sinovli kunlarda fuqarolarimizning muammo va tashvishlari toʻxtab, kutib turgani yoʻq. Oʻz masalasining yechimini izlab yurgan odam qayerga murojaat etishini bilmay ham qoladi oxir-oqibat. Ana shunday vaqtlarda, sayyor qabullar amaliy yechim boʻla oladi. Murojaatini joyida hal etish imkoni boʻlmasa-da, huquqiy maslahat va tushuncha olib, toʻgʻri xulosa chiqarishi uchun yordam bera oladi.

 

Ancha tanaffusdan soʻng, davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Bu safargi tadbirlar Kasbi va Mirishkor tumanlarida boʻlib oʻtdi. Kasbi tumanida DXA Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi B. Mahmatqulov fuqarolarning murojaatlarini qabul qilgan boʻlsa, Mirishkor tumanida esa boshqarma boshligʻi oʻrinbosari B.Safarov uchrashuv oʻtkazdi.

 

Fuqarolar oʻz murojaatlarini bilan uchrashuvga kelar ekanlar, kelganlarni koʻrish yoki oʻzini koʻrsatish uchun emas, balki amaliy yechim topishni maqsad qiladilar. Masalan, Kasbi tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar F.Choʻliyeva, M.Toʻlashevlar hozirgi kunda uyida ishsiz boʻlib, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi ekanliklarini xamda tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishga amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qilishdi. Shu yerning oʻzida, sayyor tartibda bu fuqarolar rasman tadbirkorlar safiga qoʻshilishdi.

 

— Tadbirkor boʻlish bu qadar oson deb oʻylamagan edim. Kamida 3-4 ta idoraga borib, “spravka” yigʻishga toʻgʻri keladi deb oʻylab, niyatimni amalga oshirolmay, ortga soʻrib yurganimdan oʻzim uyalib ham ketdim, — deydi fuqaro F.Choʻliyeva. 

Mirishkor tumanida esa fuqarolar murojaatlarini qabul qilish jarayonida bir narsa eʼtiborimizni tortdi. Fuqarolar N.Hamraqulova, Z.Boqiyevalar tuman xokimligi tomonidan xonadonlarining fuqaroga kam taʼminlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda nogironligi bor oilalarga ajratilgan koʻp qavatli turar joyning toʻrtinchi qavatida joylashganligi bilan bogʻliq muammolarini hal etishlarini soʻrab murojaat etishgan. Z.Normamatova esa hunarmandchilik yoʻnalishida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishini va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida bankdan 30 million soʻm kredit olish maqsadida murojaat qilganligi, ammo 3 oydan buyon unga kredit mablagʻlari ajratib berilmayotganligini aytib oʻtib, ushbu masalani ijobiy hal qilib berishni soʻrab murojaat qilishgan.

 

Yuqoridagi murojaatlar toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xizmatlari bilan bogʻliq boʻlmasa-da, fuqarolarga bu bizga tegishli emas deb ortga qaytarib yuborish ham vijdonan, ham qonunan toʻgʻri kelmasdi.

 

Aynan shu tashkilot yoki idoraning vakolatiga kirmaydigan muammo boʻlsa ham, qabul oʻtkazgan davlat idorasi murojaatni albatta tegishliligi boʻyicha masalaga yordam bera oladigan tashkilotga yetkaziladi.

 

Murojaati haqlimi, nohaqmi uni hal boʻlishiga har kim umid qiladi, chunki bu uning uchun muhimdir. Biroq agarda oʻsha murojaatiga yechim topishning qonuniy asoslari va imkoni boʻlmaganda yoki shunchaki eʼtiborsiz qoldirilganida bu haqida ovoza qilib, ommalashtirib, soʻngra hal etganlarni ham koʻp bora kuzatganmiz.

 

Maʼlumot uchun: DXA Qashqadaryo boshqarmasi tomonidan shu davrga qadar oʻtkazilgan sayyor qabullarda 8 ta murojaat kelib tushgan va barchasi boshqa sohalarga tegishli boʻlgan. Bu safargi uchrashuvlarda ham 9 ta murojaat boʻlgan boʻlsa, 5 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasiga aloqador emas edi.

 

DXA Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech