Chet elda tugʻilgan fuqarolarimizga ham “suyunchi” beriladi

views 13 Oktabr 2020
views 464

FHDYo sohasida huquqiy xizmat koʻrsatishda fuqarolarga yana bir qulaylik yaratildi.

 

Endilikda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tugʻilishi chet elda qayd etilgan farzandlariga “suyunchi” pulini olish uchun FHDYO boʻlimiga belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan yoki legalizatsiya qilingan guvohnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishlari kifoya.

 

FHDYo boʻlimi tegishli maʼlumotlarni elektron tizim orqali Pensiya jamgʻarmasiga yuboradi. Fuqarolar esa, toʻgʻridan-toʻgʻri Xalq bankiga murojaat qilib, sanoqli daqiqalarda “suyunchi puli”ni olib ketishlari mumkin.

 

Bu kabi huquqiy xizmat vafot etganligi chet elda qayd qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga dafn pulini olish uchun ham joriy etildi.

 

Bu esa yana bir ovoragarchilikka chek qoʻyishga xizmat qiladi.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech