“Choʻlni obod qilganlar” endi davlat xizmatlaridan zamonaviy binoda foydalanishadi

views 18 Oktabr 2020
views 180

Ulugʻnorliklar haqida gap ketganda bejizga “choʻlni obod qilganlar” deya taʼrif berishmaydi. Ularni mehnatkash va chin koʻngilli ekanliklari nafaqat andijonliklar, balki butun vodiy ahliga ham maʼlum.

 

Bundan yarim asr avval faqat qumliklardan iborat boʻlgan maydonlar oʻrnida zamonaviy barcha qulayliklarga ega binolarning qurilib foydalanishga topshirilayotgani shu yerlik aholining koʻzini quvontirmoqda, yashashga boʻlgan ishtiyoqini ortishiga sabab boʻlmoqda.

 

Rostini aytish kerak, avvallari ulugʻnorliklar yaratilgan sharoitlarning noqulayligi sabab davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda qiyinchiliklarga uchrayotgandi. Ayniqsa, maxsus qurilmagan binoda zamon talablari hamda odamlarni rozi qilish darajasida xizmat koʻrsatishning oʻzi moʻjiza edi.

 

Endi esa bir necha yillardan buyon foydalanilmay, boʻsh va nurab yotgan bino oʻrnida anʼanaviy arxitektura va xalqaro meʼmoriy dizayn bilan uygʻunlashgan Ulugʻnor tuman davlat xizmatlari markazining yangi binosi qad rostladi.

 

Oʻziga xos, zamonaviy koʻrinishga, barcha sharoitlarga ega Markaz zarur texnik jihoz va vositalar bilan taʼminlangan boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarga 140 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi.

 

Markazda bir vaqtning oʻzida 15 nafar, bir kunda 300 nafar fuqaroga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud. Zamonaviy tarzda jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, elektron navbat, hordiq chiqarish uchun qulay va yumshoq oʻrindiqlar, bolalar maydonchasi, xorijiy va mahalliy investorlar uchun alohida xonalarning mavjudligi mijozlarning xizmatlar bilan bogʻliq har qanday ogʻirini yengil qiladi. Mavjud monitorlar orqali esa davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar, davlat xizmatlari olish tartiblari toʻgʻrisidagi roliklar muntazam namoyish etib boriladi.

 

Binoda davlat xizmatlari markazidan tashqari, tuman Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish boʻlimi hamda Bosh vazir qabulxonasi joylashdi.

 

DXA Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech