Ellikqalʼa tumani aholi uchun yana bir qulaylik

views 14 Sentabr 2020
views 133

Hayotimiz davomida koʻchmas mulk yoki yashash uchun xonadon xarid qilayotganimizda uning geografik jihatdan joylashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Masalan yashaydigan hududimizning ish joyimizga yaqinligi va boshqa qoʻshimcha qulayliklari uning qiymatini belgilaydi. Chunki, ushbu sharoitlar tufayli bizga keng qulayliklar va imkoniyatlar eshigi ochilishi shubhasiz.

 

Davlat xizmatlari markazlari filiallari qatnov qiyin va noqulay boʻlgan olis hududlar aholisining kundalik xarajatlarini bir necha barobarga qisqartirib, ularning ogʻirini yengil qilishi shubhasiz. Misolimiz bilan aytganda, filiallarning yaqinligi, qoʻshimcha qulayliklari uning qimmatini belgilaydi. Inson manfaatlari barcha narsadan ustun ekanligini anglatadi.

 

Ellikqalʼa tumani Qoraqalpogʻiston Respublikasining aholisi koʻp, oʻziga xos tumanlaridan biri boʻlib hisoblanadi.

 

Tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Sarabiy OFY hududida Davlat xizmatlari markazining filiali tashkil etildi. Ushbu filial Sarabiy ovul fuqarolar yigʻini binosida joylashgan boʻlib, Sarabiy, Qilchinoq, Amirobod, Doʻstlik, Toza-bogʻ OFYlar hamda Qoʻshqoʻra, Paxtachi, Choʻpon, Dumanqalʼa MFYlari hududida istiqomat qiladigan jami 33 897 nafar aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

 

Mazkur filial orqali aholiga barcha davlat xizmatlari jumladan, hozirgi kunda 140 ta davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Bu esa oʻz navbatida aholiga koʻplab qulayliklar va imkoniyatlarni yaratadi. Misol uchun filial atrofida joylashgan 34 mingga yaqin aholining davlat xizmatlaridan foydalanishi biroz qiyinchilik tugʻdirayotgan edi, endilikda fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini bartaraf etish, uzogʻini yaqin qilish, naqdini va vaqtini tejash imkoniyatini berdi.

 

Mamlakatimizda karantin paytida aholining behudaga vaqtlarini tuman markazlariga kelib-ketishlarining oldini olinishida ham tashkil etilgan Sarabiy filiali katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu filial bugungiday odamlarning oʻz mahallasidan chiqmagan holda zarur xizmatlardan foydalanishiga xizmat qila boshladi.

 

Shuning uchun Filial asosiy vazifasi, jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan
- mobil (sayyor) davlat xizmatlarini koʻrsatish;

- fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlangʻich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish;

- tegishli hudud aholisini koʻrsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borishdir.

Filialning yana bir qulay tomoni tumanning asosiy aholisi zich joylashgan hududda joylashganligi, murojaatchilar uchun transport qatnovini osonligi, avtobekat mavjudligi va asosiysi pul oʻtkazmalarini bajarish uchun bank filiali mavjud ekanligida.

 

Aytish mumkinki, bugun davlat bilan xalq oʻrtasidagi muloqot yangi bosqichga koʻtarildi. Xalqning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Aynan qulaylik va uzoqni yaqin qilishda esa joylarda tashkil etilgan filiallarning ish faoliyati ayni muddao boʻlishi shubhasiz.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech