Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berildi” deya yolgʻon xabar tarqala boshladi.

views 20 May 2020
views 140

#Rasmiy #Munosabat

 

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYO boʻlimlari vakolati doirasida boʻlgani bois rasman munosabat bildiradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga koʻra, koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Vazirlar Mahkamasi qarorlari abbreviaturasi xalqchil tilda VMQ sifatida aks ettiriladi. PQ deyilganda Prezident qarori koʻzda tutiladi.

 

2020-yil 10-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqalayotgan xabarda koʻrsatilgan qaror qabul qilinmagan.

 

Maʼlumot tariqasida, Oʻzbekistonda hozirgi kunda demografik koʻrsatkich bilan hech qanday muammo yoʻq. Bir yilda oʻrtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tugʻilishi qayd etilmoqda.

 

Davlat xizmatlari haqida eng toʻgʻri maʼlumot https://t.me/davxizmat rasmiy kanalida joylashtiriladi.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech