“Prava”ni yana-da tezroq almashtirish mumkin boʻladi

views 21 May 2020
views 356

Avvalroq xabar berganimizdek, endilikda 20 ta Davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati joriy qilingan.

 

Bu albatta, fuqarolarga kerak boʻlgan hujjatni tez muddatda va ortiqcha ovoragarchiliksiz olish imkonini beradi.

 

Biroq, yangiliklarimiz bu bilan cheklanib qolgani yoʻq.

 

Tez kunlarda yana bir qulaylik ishga tushirilishi kutilmoqda. Yaʼni, eski haydovchilik guvohnomasini endi markazda faqatgina bitta operator emas, balki elektron plansheti mavjud va maxsus dasturga ulangan istalgan operator almashtirib berishi mumkin boʻladi. Yaʼni, Markaz xodimi fuqaroni rasmga tushirish uchun vaqt sarflamasdan, uni pasportga tushirilgan suratlar bazasidan olishi mumkin boʻladi.

 

Bu esa aynan haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati uchun DXMga murojaat qilganlarning navbatini oldini oladi.

 

Hozircha mazkur qulaylikni haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun maxsus uskuna mavjud mamlakatimiz boʻylab 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Davlat xizmatlari markazlari orqali haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun xodimga faqatgina pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va talon hamda davlat boji toʻlanganligini haqida kvitansiya taqdim etilsa kifoya.

 

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 70 % ni, yaʼni bugungi kunda 156 100 soʻmni tashkil etadi.

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech