Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Jizzax viloyatida o‘n birinchi filial ish boshladi.

views 11 Yanvar 2022
views 66

 

 

#Filiallarimiz

 

Jizzax viloyatida o‘n birinchi filial ish boshladi.

 

“Barlos” qishloq fuqarolar yig‘ini. Mazkur hudud Jizzax viloyatining Samarqand zamini bilan tutash manzillaridan biri. Baxmal tumani markazidan 25 km., viloyat markazidan esa 60 km. uzoqlikda joylashgan. Qishloq fuqarolar yig‘ini 1964 yilda tashkil etilgan. O‘tgan yili ushbu hudud “Obod qishloq” davlat dasturi asosida yangicha qiyofa kasb etdi. Ana shu tugallik ortidan QFYning yangi binosida Davlat xizmatlari markazi filialining ochilgani aholining davlat xizmatlarini olishi uchun tumanga borish ovoragarchiligiga chek qo‘ydi.

 

Mazkur filial haftaning dushanba va payshanba kunlari “Barlos” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 8 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida 13 ta Davlat xizmatlari markazlari va ularning olis hududlardagi 10 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2021 yilda filiallar orqali 13 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!