Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida OʻzR VMQ

views 13 Fevral 2020
views 1202

DXA fuqarolarning koʻplab vaqtini oladigan va bevosita vakolatli organlar tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish va shu orqali aholiga yana-da qulayliklar yaratish ustida doimiy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

 

Xususan, regulation.gov.uz portalida Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish sohasidagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirildi.

 

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan maxsus tatbiq etiladigan biologik faol moddalarni, yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer hamda plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

 

Hujjatga koʻra, endi aytib oʻtilgan davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali koʻrsatilishi tartibi joriy etilmoqda.

 

Normativ-huquqiy hujjat loyihasiga asosan, maxsus tatbiq etiladigan biologik faol moddalarni, yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer hamda plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma berish muddatlari 20 ish kunidan 4 ish kuniga, talab qilinadigan hujjatlar soni esa 20 tadan 12 taga kamaytilmoqda.

 

Loyiha muhokamasida ishtirok etish

telegram link Murojaatingizni yo'llang!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech