Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

VMQ“Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida

views 17 Iyun 2020
views 1147

Mazkur loyiha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida mamlakatimiz reytingini yaxshilashga uchun ishlab chiqildi.

 

Ushbu qaror loyihasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi takomillashtirilib, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutilgan.

 

Xususan,

quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi maishiy isteʼmolchilari uchun xonadonlarda, shaxsiy uy-joylarda, yordamchi xoʻjaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlariga texnik shartlar, elektr taʼminoti loyihasi va elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnoma rasmiylashtirish talabi bekor qilinmoqda;

davlat xizmatini koʻrsatish muddatlari yana-da qisqartirilmoqda;

elektr energiyasi, gaz va suvni hisobga olish tizimining Majburiy ijro byurosi bilan bir qatorda hududiy taʼminotchi korxonalar tomonidan ham plombalanishi mumkinligi belgilanmoqda;

elektr, suv va gaz taʼminoti loyihalarining QR-kod qoʻyilgan xulosa asosida kelishish tartibi joriy etilmoqda va boshqalar.

 

Loyiha muhokamasida ishtirok etish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!