Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Ekologiya

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish

Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.

10 ish kuni

BHMning 30 %

https://lex.uz/ru/docs/3646578

2

Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Jismoniy shaxs boʻlganida — pasport, STIR.

 

Yuridik shaxs boʻlganida — tegishli tasdiqlovchi hujjat, STIR.

 

Turlar boʻyicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan oʻsimliklarning, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni.

 

Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni, mamlakat, shahar yoki olib kirish joyi, asosi — yovvoyi oʻsimlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi oʻsimliklarni qonuniy gʻamlash (toʻplash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami).

15 ish kuni

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 baravari;

 

Yuridik shaxslardan BHMning 0,2 baravari;

 

Xorijiy fuqarolardan – CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSH dollari va boshqa ruxsatnoma uchun – 10 AQSH dollari

https://lex.uz/ru/docs/2485765

3

Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, zoologiya kolleksiyalari, oʻljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

Jismoniy shaxs boʻlganida — pasport, STIR.

 

Yuridik shaxs boʻlganida — tegishli tasdiqlovchi hujjat, STIR.

 

Hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, oʻq otar qurolni olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish koʻzda tutilsa);

 

Hayvonlarni tutishning maqsadi;

 

Baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari, suzish vositalari;

 

Hayvonlarni tutish muddatlari, joyi (viloyat, tuman), usuli (tutish, otish), tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

 

Hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, arizaga yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi ilova qilinadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olishga ruxsatnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligiga binoan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, tabiatdan foydalanuvchilarning arizasida quyidagilar koʻrsatilgan holda beriladi:

 

Jismoniy shaxs boʻlganida — pasport, STIR;

 

Yuridik shaxs boʻlganida — tegishli tasdiqlovchi hujjat, STIR;

 

Hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

 

baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (toʻrlar, yoyma toʻrlar va boshqalar, ularning soni, kataklar oʻlchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);

 

hayvonlarni tutish muddatlari;

 

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

 

tutish usuli (tutish, otish).

15 ish kuni

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 baravari;

 

Yuridik shaxslardan BHMning 0,2 baravari;

 

Xorijiy fuqarolardan – CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSH dollari va boshqa ruxsatnoma uchun – 10 AQSH dollari

https://lex.uz/ru/docs/2485765

4

Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, zoologiya kolleksiyalarini hisobga qoʻyish

Jismoniy shaxs boʻlganida — pasport, STIR;

 

Yuridik shahs boʻlganida — tegishli tasdiqlovchi hujjat, STIR;

 

Hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;

 

turlari (kichik turlari, agar duragay boʻlsa — ota-onalarining turlari koʻrsatiladi) boʻyicha soni koʻrsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining roʻyxati;

 

Kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi;

 

Hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);

 

Pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

 

Hayvonlarni saqlash sharoitlari;

 

Hayvonlar belgisining mavjudligi;

 

8. Veterinariya xizmatining mavjudligi.

15 ish kuni

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/2485765

5

Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma berish

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim;

 

Ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomasi (avval ishlatilgan va tiklangan ozonni buzuvchi moddalar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda taqdim etiladi);

 

Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligi haqidagi hujjat;

 

Import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, eksportni amalga oshirayotgan mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa.

7 (20 ish kuni)

BHMning 1 baravari

https://lex.uz/ru/docs/3500049

6

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma

Jismoniy shaxs boʻlganida — pasport, STIR;

 

Yuridik shaxs boʻlganida — tegishli tasdiqlovchi hujjat, STIR;

 

Hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;

 

turlari (kichik turlari, agar duragay boʻlsa — ota-onalarining turlari koʻrsatiladi) boʻyicha soni koʻrsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining roʻyxati;

 

Kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi;

 

Hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);

 

Pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

 

Hayvonlarni saqlash sharoitlari;

 

Hayvonlar belgisining mavjudligi;

15 ish kuni

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 baravari;

 

Yuridik shaxslardan BHMning 0,2 baravari;

 

Xorijiy fuqarolardan – CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSH dollari va boshqa ruxsatnoma uchun – 10 AQSH dollari

https://lex.uz/ru/docs/2485765

7

Oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish

Ariza beruvchi haqida pasport maʼlumotlari, yuridik shaxs toʻgʻrisidagi STIR, MFO, IFUT, hisob raqami, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi;

 

Obyekt haqida maʼlumot:

 

Kesiladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;

 

Daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʻcha, uy);

 

Kesishdan maqsad koʻrsatiladi.

5 ish kuni

BHMning 30 %

https://lex.uz/ru/docs/3646578

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!