Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

FHDYo

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

Adliya organlari FXDYO organlaridan chiqadigan hujjatlarga apostil qoʻyish

Pasport;

 

Xorijiy davlat — xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaning (Gaaga, 05.10.1961-y.) qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat;

 

Rasmiy hujjatlar apostil qoʻyish uchun asl nusxalarda yoki ariza beruvchining xohishiga koʻra notarial tasdiqlangan nusxalarda.

5 ish kuni

BHMning 20 %

https://lex.uz/ru/docs/4202186

2

FXDYO organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish

Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;

 

Tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari, qonuniy vakil boʻlsa, uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.

1 ish soati

BHMning 5 %

https://lex.uz/ru/docs/4202186

3

Oʻlimni qayd etish

Vafot etgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari:

 

Pasporti;

 

Harbiy xizmatchilar uchun–harbiy xizmatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjati;

 

16 yoshgacha boʻlgan vafot etgan shaxsning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi) yoki sudning shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi hal qiluvchi qarori;

 

Oʻn olti yoshdan oshgan vafot etgan shaxsning oʻlimini qayd etishda shaxsini tasdiqlovchi hujjati;

 

Oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma yoki sudning shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi hal qiluv qarori.

 

Oʻlim haqidagi tibbiy guvohnoma (maʼlumotnoma) berilgan vaqtdan bir yildan keyin boʻlgan muddatda murojaat etilganida – vafot etgan shaxsning oʻlim sodir boʻlgan joydagi tegishli FHDYO organidan unga nisbatan oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi haqidagi maʼlumotnoma taqdim etiladi.

5 soat

Bepul

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish va u bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni berish tartibi boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik Maʼmuriy reglamenti

4

Takroriy guvohnomalar berish

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar;

 

Boshqa shaxslar nomidan murojaat qilsa — notarial tasdiqlangan ishonchnoma;

 

Chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan boʻlishi lozim.

1 ish kuni

Gerb yigʻimi BHMning 15 %;

 

Davlat boji BHMning 15 %.

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish va u bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni berish tartibi boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik Maʼmuriy reglamenti

5

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini tiklash

Tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash uchun:

Tegishli FHDYO arxivining talabgorning tugʻilgan joyi boʻyicha dalolatnoma yozuvining yoʻqligi yoki yoʻqolganligi (yoʻqolganlik sabablarini koʻrsatgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi, talabgorning pasportining nusxasi, ota-onasining pasportlari nusxalari, agar ota-onasi vafot etgan boʻlsa, ularning oʻlimi haqidagi maʼlumotnomalar, nikoh tuzilganligi haqidagi (ota-onasining va oʻzining) maʼlumotnomalar, ota-onalarining hujjatlari boʻlmaganda, aka-ukalari, opa-singillarining (ular boʻlsa) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlar.

 

Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun:

Tegishli FHDYO arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi yoki yoʻqolganligi (yoʻqolish sabablarini koʻrsatgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi, pasportlarning nusxalari, bolalarining (ular boʻlsa) tugʻilganligi haqidagi guvohnoma (maʼlumotnoma)lari, nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa qoʻshimcha hujjatlar.

 

Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun:

Tegishli FHDYO arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yoʻqligi (yoʻqolganlik sabablari koʻrsatilgan holda) haqidagi maʼlumotnomasi, pasportning nusxasi, nikoh tuzilganligi haqida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan maʼlumotnoma, ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻlganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

10 ish kuni

Герб йиғими БҲМнинг 15 % ;

 

Давлат божи БҲМнинг 10 % .

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish va u bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni berish tartibi boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik Maʼmuriy reglamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!