Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Koʻchmas mulk

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Ipoteka shartnomasi ilova qilinadi.

1 ish kuni

BHMning 1,25 baravari 

https://lex.uz/ru/docs/-4977684

2

Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (Turar)

Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritiladi.

 

Ijara shartnomasining asl nusxasi.

1 ish kuni

BHMning 1,25 baravari 

https://lex.uz/ru/docs/-4977684

3

Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (Noturar)

Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Ijara shartnomasining asl nusxasi.

1 ish kuni

BHMning 1,25 baravari 

https://lex.uz/ru/docs/-4977684

4

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvning asl nusxasi.

2 ish kuni

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/-4977684

5

Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

Notarial tasdiqlangan bino va inshootlar, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomasining asl nusxasi.

 

Yer uchastkasiga, bino va inshootlarga hamda koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

 

Bino va inshootlarga hamda koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlar sudning qaroriga muvofiq oʻtgan taqdirda, sudning qarori.

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

 

Ariza beruvchining pasport maʼlumotlari, STIR, joyning manzili koʻrsatiladi.

a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha: koʻp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha; b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha: umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha; ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 3 ish kunigacha

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan koʻchmas mulk toifasi va maydoniga qarab toʻlov undiriladi.

https://lex.uz/ru/docs/-4977684

6

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar quyidagi qaysi asoslarda yuzaga kelgan yoki oʻzgargarishiga qarab, quyidagi hujjatlardan biri taqdim qilinadi:

 

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;

 

Notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;

 

Bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;

 

Korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

 

Lizing shartnomasi;

 

Bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

 

Bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

 

Turar joyni boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;

 

Xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini tasarruf etish huquqi bilan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

 

Notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino, inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

 

Koʻchmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida berish shartnomasi;

 

Koʻchmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida shartnomasi;

 

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda koʻchmas mulk obyektini realizatsiya qilish boʻyicha auksion natijalari haqida bayonnoma;

 

Tuman (shahar) hokimining turarjoyni noturarjoy toifasiga oʻtkazishga ruxsati;

 

Tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar joy binosini turarjoy toifasiga oʻtkazishga ruxsati;

 

Sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi.

 

Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

2 ish kuni davomida

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan koʻchmas mulk toifasi va maydoniga qarab toʻlov undiriladi.

https://lex.uz/ru/docs/-4135063

7

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasini olish

Er uchastkasiga boʻlgan huquqlar quyidagi qaysi asoslarda yuzaga kelgan yoki oʻzgargarishiga qarab, quyidagi hujjatlardan biri taqdim qilinadi:

 

  1. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun – davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori yoki meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma yoxud bu huquq auksion asosida sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;

 

  1. Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun – joylardagi davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxsga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqida bayonnoma;

 

  1. Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun – davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;

 

  1. Yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun – joylardagi davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari asosida vakolatli organlar tomonidan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

 

– shaharlar (tumanlar) hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharlar yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;

 

– shaharchalar va qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun shaharchalar va qishloq aholi punktlarining sobiq kolxozlar, sovxozlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;

 

– qishloqlar (ovullar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari.

 

Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

 

– tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari;

 

– tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining kolxozlar aʼzolarining umumiy majlislari bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish haqidagi buyruqlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari.

2 ish kuni davomida

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarorida belgilangan Yer uchastkasi toifasiga qarab toʻlov undiriladi.

https://lex.uz/ru/docs/-4135063

8

Turar joy maydoni boʻyicha maʼlumotnoma

Ariza beruvchining pasport maʼlumotlari, STIR, turar joyning manzili, kadastr raqami.

5 ish kuni

Bepul

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Turar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektlariga doir kadastr xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik Maʼmuriy reglamenti.

9

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Maʼlumotnoma oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritiladi.

3 ish kuni

Arizada koʻrsatilgan shaxslarning har biriga nisbatan BHMning 3 % 

https://lex.uz/ru/docs/4977684

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!