Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Litsenziyalash

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash

Yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot;

 

Tibbiy tashkilotning turi, koʻrsatmoqchi boʻlgan ixtisoslashuvlar shakllari va koʻrsatilgan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat;

 

Litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;

 

Zarur boʻlgan uskunalar, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot.

20 kun (tezlashtirilgan tartibda 5 ish kuni)

Arizani umumiy tartibda koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari;

 

 

Tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun BHMning 3 baravari;

  

Litsenziya uchun BHMning 5 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-3242574

2

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxslar uchun — ular haqida toʻliq maʼlumot;

 

Jismoniy shaxslar uchun — ular haqida toʻliq maʼlumot;

 

Moʻljallayotgan faoliyatning yoʻnalishi vaamalga oshiriladigan muddat;

 

Litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;

 

Xabarnoma olish shakli;

 

Zarur boʻlgan uskunalar, shu jumladan, tibbiy texnika va xodimlarning mavjudligi haqidagi maʼlumot.

15 kun, (tezlashtiril gan tartibda 5 ish kuni)

Arizani umumiy tartibda koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari ;

 

Tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari;

 

Litsenziya uchun BHMning 10 baravari .

https://lex.uz/ru/docs/-3204383

3

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo, shuningdek yoʻlovchilarni hamda yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs uchun — u haqida toʻliq maʼlumot;

 

Jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun:

 

yuk tashish huquqiga litsenziya olishda —pasport va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi, koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan shaklda avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma;

 

Soʻrovnomada ariza beruvchining pasport maʼlumotlari, haydovchilik guvohnomasi (seriya, raqami va kategoriya), haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar, xizmat koʻrsatayotgan bank nomi, hisob raqami, shtatda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

 

3 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 1 baravari 

 

Litsenziya uchun BHMning 1 baravardan –28 baravargacha

https://lex.uz/ru/docs/-4454419

4

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida maʼlumot, litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;

 

Bino va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;

 

Oʻzlashtirishni koʻtarishga yoʻnaltirilgan, oʻqitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat;

 

Butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch oʻlchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat;

 

Avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat;

 

Oʻqituvchi va amaliy boshqaruv instruktorlari haqida maʼlumot;

 

Oʻquv rejasi va dasturlarining elektron shaklda;

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

10 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari;

 

Litsenziya uchun BHMning 10 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-3765833

5

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida maʼlumot, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati;

 

Binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;

 

Pedagog kadrlar haqida maʼlumot;

 

Oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

 

Ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar nusxalari;

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

15 ish kuni, oliy taʼlim turi boʻyicha 30 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari ;

 

Litsenziya uchun BHMning 10 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-3601227

6

Turizm faoliyatiga litsenziya

Litsenziya talabgorining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, turizm xizmatlarini koʻrsatish uchun amaldagi sertifikati va faoliyatini amalga oshirish uchun binoga huquqni beruvchi hujjatlardagi maʼlumotlarning mavjudligi, litsenziya talabgorining joylashgan joyi (pochta manzili), aloqa telefonlari.

 

Yuridik shaxs shtatida amaldagi malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassis boʻlishi;

 

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun yoʻnalishiga koʻra:

 

“ichki turizm” — yuridik shaxsning tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun qonunchilikda belgilangan miqdorga teng;

 

“chiqish va kirish turizmi” — BHMning kamida 400 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamgʻarmasiga ega boʻlishi;

 

Turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha sertifikatlangan tizimning mavjudligi;

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Rahbar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

10 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2,5 baravari ;

 

Litsenziya uchun:

ichki turizm uchun BHMning 2 baravari;

 

tashqi turizm uchun BHMning 5 baravari .

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik Maʼmuriy reglamenti

7

Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot, bojxona ombori tashkil etilayotgan manzil, Litsenziyalanadigan faoliyat turi.

 

Bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar haqida tegishli maʼlumotlar;

 

Avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojxona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) va binolarning sifatli tarhi va chizmasi;

 

Tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

 

*Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilanganda:

 

- pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga kiritilganligi haqidagi hujjat;

- tovarlarni garovga qoʻyilganligi haqidagi hujjat;

- bank kafolatini taqdim etilganligi haqidagi hujjat;

- bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalanganligi haqidagi hujjat;

- kafillik haqidagi hujjat.

22 kun davomida

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 0,5 baravari;

 

Litsenziya uchun:

BHMning 5 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-4784923

8

Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot, bojxona ombori tashkil etilayotgan manzil, Litsenziyalanadigan faoliyat turi.

Bojxona ombori sifatida foydalanish uchun moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar haqida tegishli maʼlumotlar;

Avtomobil va temir yoʻllar koʻrsatilgan holda, bojxona ombori uchun moʻljallangan hudud (shuningdek, yondosh) va binolarning sifatli tarhi va chizmasi;

Tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

 

*Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilanganda:

 

- pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga kiritilganligi haqidagi hujjat;

- tovarlarni garovga qoʻyilganligi haqidagi hujjat;

- bank kafolatini taqdim etilganligi haqidagi hujjat;

- bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalanganligi haqidagi hujjat;

- kafillik haqidagi hujjat.

22 kun davomida

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 0,5 baravari

 

Litsenziya uchun:

BHMning 5 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-4784923

9

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot, bojxona ombori tashkil etilayotgan manzil, Litsenziyalanadigan faoliyat turi.

 

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni uchun zallar, yordamchi binolar va omborlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar;

 

Ushbu binolarning sifatli tarhi va chizmasi;

 

Sotilishi moʻljallanayotgan tovarlar roʻyxati;

 

Tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.

 

*Bazaviy hisoblash miqdori oshganda hamda amal qilish muddati tugashi munosabati bilan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi hujjatni yangilanganda:

 

- pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisob varagʻiga kiritilganligi haqidagi hujjat;

- tovarlarni garovga qoʻyilganligi haqidagi hujjat;

- bank kafolatini taqdim etilganligi haqidagi hujjat;

- bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalanganligi haqidagi hujjat;

- kafillik haqidagi hujjat.

22 kun davomida

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 0,5 baravari;

 

Litsenziya uchun:

BHMning 5 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-4784923

10

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot;

 

2.Oldingi 2 yil mobaynida (faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida) olib borilgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar va xizmatlar) turlarining nomlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Oʻtgan 2 kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2 shakl) va statistika hisoboti;

 

Shaxslar guruhi tarkibi toʻgʻrisidagi, guruhga kirish asoslari, ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotlar;

 

Yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

10 kun davomida

BHMning 10 baravari

https://lex.uz/ru/docs/4835114

11

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot;

 

2.Oldingi 2 yil mobaynida (faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida) olib borilgan faoliyat turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar va xizmatlar) turlarining nomlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Oʻtgan 2 kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2 shakl) va statistika hisoboti;

 

Shaxslar guruhi tarkibi toʻgʻrisidagi, guruhga kirish asoslari, ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotlar;

 

Yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

10 kun davomida

BHMning 10 baravari 

https://lex.uz/ru/docs/-4835114

12

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash

Yuridik shaxs haqida toʻliq maʼlumot;

 

Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Soʻrovnomada moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar va xodimlarning, ularning maʼlumotlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, binoning Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosidagi taalluqliligi, Bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.ф

15 kun

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari ;

 

Litsenziya uchun BHMning 10 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-3204383

13

Noshirlik faoliyatini boshlagani haqida xabardor qilish

Yuridik shaxs xodimlarida tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotning va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning va mehnat daftarchasining nusxasi).

 

*Faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va yuridik shaxs xodimlarida tegishli oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotning va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumot taqdim etiladi.

15 kun

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 2 baravari;

 

Litsenziya uchun BHMning 10 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-4655428

14

Matbaa faoliyatini boshlagani haqida xabardor qilish

Ariza beruvchi uchinchi shaxs boʻlgan taqdirda, tegishli tartibda berilgan ishonchnomaning elektron nusxasi ilova qilinadi.

 

*Soʻrovnomaga bank muassasasining nomi, bankdagi hisob raqami, Matbaa uskunalarining turi, nomi va miqdori haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.

18 kun

Faoliyatiga qarab: BHMning 2,5 baravardan – 500 AQSH dollarigacha

https://lex.uz/ru/docs/-4655428

15

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma

Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan joyi (pochta manzili), faoliyat yuritish joyi (manzil), bank boʻlinmalarining nomlari va bank hisob raqamlari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, veb-sahifa — mavjud boʻlsa;

 

Ariza beruvchi amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyat (lar) turi (yoki ularning qismi);

 

tarozi va toshlar (har xil ogʻirlikdagi) tekshirilganligi haqidagi maʼlumot;

 

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash moʻljallanayotgan binoning yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi haqidagi maʼlumot;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan ajratilgan qimmatbaho metallar bilan ishlash moʻljallanayotgan obyektlar uchun obyektning texnik mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalari texnik qoʻriqlash Markazi (punkti)ga ulanganligi haqidagi maʼlumotlar;

 

Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish uchun berilgan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.

9 ish kuni. Tezlashtirilgan tartibda 2 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 1 baravari;

 

Litsenziya uchun yuridik shaxslar uchun — BHMning 5 baravari;

 

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — BHMning 2 baravari.

https://lex.uz/ru/docs/-3758502

16

Affinaj faoliyatini litsenziyalash

Oʻlchash vositalari (tarozi) qiyoslashdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga mosligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Obyektning texnik mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati texnik qoʻriqlash markaziga ulanganligi haqidagi maʼlumotlar;

 

Prekursorlar aylanmasi, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan bogʻlik boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya haqidagi maʼlumotlar;

 

Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;

 

Mavjud asbob-uskunalar va texnologiyalar roʻyxati ilova qilinadi.

 

Agar vakil orqali ariza berilsa, vakilning shaxsini va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat va uning STIR maʼlumotlari.

8 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 5 baravari ;

 

Litsenziya uchun yuridik shaxslar uchun — BHMning 5 baravari .

https://lex.uz/ru/docs/-4735846

17

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash uchun litsenziya

Yuridik shaxs toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot;

 

Moʻljallanayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi) hamda uni amalga oshirish uchun muddat;

 

Yuridik shaxs guvohnomasi nusxasi;

 

Arizani koʻrib chiqish yigʻim toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;

 

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini ishlatish va (yoki) ular xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) koʻrsatilgan holda ularning roʻyxati;

 

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar  va normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati;

 

Tarmoqni tashkil etish rejasi va rivojlantirish prognozi, belgilangan shakl boʻyicha bajariladigan ishlarga qarab boshqa zarur maʼlumotlar;

 

Sanitariya, yongʻin normalari va obyektni qoʻriqlash talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida tegishli organlarning xulosasi;

 

Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha organlarning berilgan chastotalardan foydalanish imkoniyati, uzatuvchi qurilmalar quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

 

Boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish moʻljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat;

 

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish boʻyicha mutaxassislar mehnat daftarchasining nusxalari.

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uchinchi mamlakatlarga xorijiy tele va radio stansiyalarning dasturlarini retranslyatsiya qilish uchun litsenziya uchun xalqaro bitimlarning tegishli shartlariga muvofiq qoʻshimcha hujjatlar talab etiladi.

20 ish kuni

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 1 baravari ;

 

Litsenziya uchun faoliyat turiga qarab BHMning 1 baravaridan – 140.000 baravirigacha

2018-yil 30-mayda tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning vaqtinchalik maʼmuriy reglamenti

18

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrash faoliyati litsenziyalash

Talabgorning joylashgan manzili, bank hisobvaragʻi, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, MFO, IFUT, STIR m aʼlumotlari koʻrsatiladi.

 

Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- yuridik shaxs (litsenziya daʼvogari)da ishlaydigan mutaxassislarning tegishli mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot boʻyicha diplom nusxasi yoki litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan restavrator-ustaning malaka sertifikati;

- tegishli mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan va asosiy ish joyi boʻyicha ishlayotgan mutaxassisning mehnat daftarchasi nusxasi;

- shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi;

- litsenziya talablari va shartlarida belgilgan tegishli asbob-uskunlarning nomi, markasi va soni haqida maʼlumotnoma.

8 ish kuni

BHMning 1 baravari 

1-toifali litsenziya – BHMning 20 baravari

2-toifali litsenziya – BHMning 40 baravari

https://lex.uz/ru/docs/-4654711

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!