Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Qurilish

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish

Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi.

 

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot, kadastr yigʻmajildining raqami va roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi, bino va inshoot toʻgʻrisida maʼlumot, bino va inshootning nomlanishi, bino va inshootning joylashgan joyi haqidagi maʼlumotlar.

5 ish kuni

BHMning 30 % 

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

2

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish

Ariza beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar, kadastr yigʻmajildining raqami va roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi, bino va inshoot toʻgʻrisida maʼlumot, bino va inshootning nomlanishi, bino va inshootning joylashgan joyi, obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishning asosiy mazmuni haqidagi maʼlumotlar.

5 ish kuni

BHMning 30 %

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

3

Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabardor qilish

I) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (F. I. O., pasport maʼlumotlari, STIR, manzil, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (toʻliq nomi, STIR, MFO, OKED, yuridik manzil, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

II) Obyekt toʻgʻrisida maʼlumot(obyekt nomi, joylashuvi, murakkablik toifasi, qurilish-montaj ishlarining turi, qiymati, yigʻma ekspertiza xulosasiga asosan (QQSiz, buyurtmachining boshqa xarajatlari va jihozlarsiz).

 

Shuningdek:

– qurilish Bosh boshqarmasining xulosasi (bayoni) raqami va sanasi;

– Davlat ekspertiza organining nomi, ijobiy xulosaning raqami va sanasi;

– Pudratchi tashkilot litsenziyasining raqami va sanasi (litsenziyalanadigan alohida qurilish-montaj ishlari turlarini bajarishda);

– ekspertiza organlarining loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosasining raqami va sanasi (xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun).

 

III) Nazorat organlari va masʼul xodimlar toʻgʻrisida maʼlumot: (tashkilot nomi, qurilish obyektida masʼul shaxsning lavozimi va F. I. O., pasport maʼlumotlari, oliygoh nomi, mutaxassisligi, diplom raqami va sanasi toʻgʻrisida maʼlumotlari kiritiladi).ф

1 soat mobaynida

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

4

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish

  1. Mahalliy davlat hokimiyati organining yer uchastkasining joylashuv rejasi yoki uning chegaralarini naturaga chiqarish dalolatnomasi ilova qilingan obyektni loyihalash va qurish uchun yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qarori.

 

  1. Mahalliy davlat hokimiyati organining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori.
  2. Tegishli ravishda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining yoki shahar (tuman) qurilish (boʻlimi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasi.

 

  1. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot (pasport, yuridik shaxsning STIR va manzil-maʼlumotlari).

 

  1. Obyekt haqida maʼlumot (nomi, manzili).

 

  1. Qurilish yoki rekonstruksiya loyihasining maqsadi.

  2. Obyekt boʻyicha chiqarilgan qaror rekvizitlari:

a) davlat hokimiyati organining yer uchastkasining joylashuv rejasi yoki uning chegaralarini naturaga chiqarish dalolatnomasi ilova qilingan obyektni loyihalash va qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori;

b) shahar (tuman) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori;

v) shahar (tuman) qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasi ilova qilinadi.

4 ish kuni

Xizmat turi boʻyicha:

BHMning 30 % ;

 

BHMning 4 baravari ;

 

BHMning 3,5 baravari ;

 

BHMning 3 baravari ;

 

BHMning 1 baravari ;

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

5

Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi ekspertizadan oʻtkazish

Loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismi (tushuntirish xati (tushuntirish xatida loyiha-smeta hujjatida yongʻin xavfsizligiga, sanitariya-epidemiologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish boʻyicha va boshqa yoʻnalishlarda bajarilgan ishlar aks ettiriladi), bino va inshootning fasadlari, qavatlar rejalari, qurilish obyektining bosh rejasi) elektron shakli;

 

Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan oʻtkazish haqida soʻrovnoma toʻldirilganda, obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi hamda buyurtmachining rozilik xati elektron shaklda ilova qilinishi hamda ekspertiza organi tomonidan obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlarini ekspertiza qilish uchun ommaviy oferta (keyingi oʻrinlarda oferta deb yuritiladi) qabul qilinishi;

 

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlarini kelishish haqida soʻrovnoma toʻldirilganda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyiha hujjatlari elektron shaklda ilova qilinishi talab etiladi.

 

Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining kelishiladigan loyiha-smeta hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot (loyiha-smeta hujjatlarining nomlanishi, loyiha tashkilotining nomlanishi, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili.

 

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻining rekvizitlari.

 

Obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari ekspertizadan oʻtkazishda buyurtmachi toʻgʻrisida maʼlumot jismoniy shaxslar uchun: (F.I.O., pasport maʼlumoti, STIR, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

Yuridik shaxslar uchun: (toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, yuridik manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot (kelishilayotgan gaz, elektr, issiqlik va suv taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot)

 

8. Binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismi (fasad (asosiy va yon tomon), binolar, inshootlar va boshqa obyektning bosh rejasi, obyekt joylashuvining vaziyat rejasi, obyektlarning zilzilaga bardoshliligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihaviy yechimlari, buyurtmachining rozilik xati, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish topshiriqnomasi, gaz, elektr, issiqliq, suv taʼminoti loyihasi.

5 ish kuni davomida

Loyihani kelishish BHMning 30 %;

 

Ekspertiza uchun BHMning 2 baravari

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

6

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Pasport maʼlumotlari, yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda), kadastr yigʻmajildining roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi va tartib raqami (rekonstruksiya qilishda), obyekt toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Qurilishda:

– loyiha-smeta hujjatlari;

– yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi loyihasi;

– poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari;

– moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).

 

Rekonstruksiyada:

– loyiha-smeta hujjatlari;

– yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi loyihasi;

– poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari;

– moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).

 

Yakka tartibdagi uy-joyga mulk huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar.

3 ish kuni

BHMning 30 % 

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

7

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

- soha boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari;

 

- korxonaga ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqlar nusxalari;

 

- mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.

 

Litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qoʻshimcha ravishda oʻntadan kam boʻlmagan obyektni loyihalash boʻyicha jami bajarilgan ishlarning roʻyxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega boʻlgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar boʻyicha mualliflik nazorati daftarlarini.

7 ish kuni Litsenziya talabgori hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir oy mobaynida litsenziya berishning davlat boji qiymatini hisobvaraq-fakturada qayd etilgan miqdorda toʻlaydi.

Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHM 3 baravari 

 

Litsenziya uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilgan stavkalarda.

https://lex.uz/ru/docs/-4325671

8

Qurilishda ekspertiza tashkilotlarini akkreditatsiya qilish

Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida aʼlumotlar, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi, yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi maʼlumotlari kiritiladi hamda, mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, mutaxassislar diplom maʼlumotlari.

 

Mulk huquqi bilan ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.

 

Mutaxassislar diplomlari nusxalari.

8 ish kuni Talabgor hisobvaraq-faktura tushganidan soʻng bir oy mobaynida hisobvaraq-fakturada qayd etilgan yigʻimni toʻlaydi.

BHMning 3 baravari 

 

Guvohnoma berilganligi uchun BXM 20 baravari

https://lex.uz/ru/docs/-4325671

9

Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish

Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (F.I.O., pasport maʼlumotlari, STIR, manzil, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot (toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, yuridik manzil, telefon raqami, elektron pochta manzili).

 

Bino va inshoot toʻgʻrisida maʼlumot (bino va inshootning turi, yakka tartibda uy-joy qurish obyekti, yakka tartibda uy-joy qurish obyekti boʻlmagan obyekt, bino va inshootning nomlanishi (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti boʻlmagan obyekt), bino va inshootning joylashgan joyi.

 

Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorining raqami va sanasi (dastlabki qurilish bilan).

 

Loyihalashtirish tashkilotining nomlanishi, STIR, yuridik manzili.

 

Pudratchi tashkilotning nomlanishi (mavjud boʻlsa), STIR, yuridik manzili.

9 ish kuni

BHMning 30 % 

https://lex.uz/ru/docs/-3743238

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!