Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Taʼlim

Xizmat turi Taqdim etiladigan
ma`lumotlar
Muddati To‘lov
(bazaviy hisoblash miqdorida)
Normativ-xukukiy xujjat

1

OTMlarga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish

Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma);

 

Maktab (11-sinf negizida), kolledj yoki litsey tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

 

*Agar mavjud boʻlsa:

- imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat;

- Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (diplom yoki sertifikat va boshqalar

- Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikati;

- Ilgʻor xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlari.

10 daqiqa

Oldingi yil bitiruvchilari uchun BHMning 50 %

https://lex.uz/ru/docs/4368106

2

Bolalarni davlat bogʻchalariga joylashtirish

Ota-onaning pasporti;

 

Bolaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;

 

* Imtiyozli toifa uchun:

- nogironligi boʻlgan shaxsning farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami);

- 3 va undan ziyod bolasi bor oila farzandi (tugʻilish haqida guvohnomalar seriyasi va raqamlari);

- harbiy xizmatchi yoki huquqni muhofaza qilish organi xodimining farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami);

- talaba yoki pedagog farzandi (muassasa nomi, direktor (rektor) buyrugʻi raqami;

- yetim yoki ota-ona qarovidan mahrum bola (vafoti haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami);

- boshqa muassasadan koʻchirilgan bola (muassasa nomi, qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami);

- aka-ukalari yoki opa-singillari ushbu muassasada tarbiyalanayotgan bola (qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami).

1 soat ichida

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/3603405

3

Umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat nostrifikatsiyasi

Xorijda taʼlim olganlik haqida hujjat va unga ilovaning nusxasi;

 

Ushbu hujjatlarni davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

5 ish kuni

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/4441142

4

Oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat nostrifikatsiyasi

Xorijda taʼlim olganlik haqida hujjat va unga ilovaning nusxasi;

 

Ushbu hujjatlarni davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

15-18 kun

BHMning 3 baravari

https://lex.uz/ru/docs/4441142

5

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish

Ariza beruvchi va uning maʼlumoti toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

5 ish kuni

Bepul

https://lex.uz/ru/docs/4958061

6

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar.

 

Hujjatga oid boʻlgan maʼlumotlar kiritiladi.

5 ish kuni, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kuni

1 ta annotatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,47 baravari

https://lex.uz/ru/docs/4958061

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!