Diqqat! Saytda texnik ishlar olib borilmoqda.
Ру Ўз Uz

Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tizimidagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha E ʼ L O N

views 28 May 2021
views 2699

Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tizimidagi

  • boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha

E ʼ L O N

 

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

  1. Zarbdor tumani DXM boʻlim boshligʻi;



Faoliyat yoʻnalishi:

 

  • “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish
    va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;
  • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
  • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
  • “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;
  • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
  • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
  • ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffussiz ishlashini taʼminlash;
  • Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;
  • arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 

Boʻlim boshligʻi:

 

  • “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlash;
  • davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
  • tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
  • Davlat xizmatlari markazi direktoriga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritish;
  • roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritishni tashkillashtirish;
  • Davlat xizmatlari markazida roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlarini tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borishni tashkillashtirish;
  • moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

Rasmiy talablar:

  • oliy huquqshunoslik maʼlumoti (ayrim hollarda boshqa maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar olinishi mumkin) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi;

 

  • mutaxassisligi boʻyicha davlat boshqaruv organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda boshqa vakolatli davlat idoralarida ikki yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;

 

  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Tuman (shahar) FHDYO organlarida boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

  1. Jizzax shahar FHDYO boʻlimi mudir (a);

 

  1. Gʻallaorol tuman FHDYO boʻlimi mudir (a);

 

  1. Zafarobod tuman FHDYO boʻlimi mudir (a);

 

  1. Paxtakor tuman FHDYO boʻlimi mudir (a).

 

Faoliyat yoʻnalishi:

 

  • jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;

 

  • fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;

 

  • fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

 

  • fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlash;

 

  • fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar berish.

 

Mudir(a):

  • FHDYO boʻlimiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishini taʼminlash;

 

  • FHDYO boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;

 

  • FHDYO boʻlimida mehnat va ijro intizomini nazoratini olib borish;

 

  • nikohni qayd etishda uzrli sabablar boʻlganda, arizachilarning iltimoslariga koʻra qonunda belgilangan bir oylik muddatni qisqartirish;

 

  • FHDYO boʻlimidagi qayd etish daftarlari va boshqa hujjatlarning yuritilishi roʻyxatga olinishi va lozim darajada saqlanishi, shuningdek qatʼiy hisobdagi gerbli guvohnomalar hisobini yuritadi va ularning saqlanishi hamda sarflanishini taʼminlash;

 

  • gerbli guvohnomalarni olishda shaxsan tekshirib qabul qilib olish, saqlash va qonuniy sarflanishi uchun masʼul hisoblanadi.

 

Rasmiy talablar:

 

  • mudira lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDYO organida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish;

 

  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti, ish haqi va qoʻshimcha afzalliklar:

 

  • Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

 

  • ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

 

  • munosib ish haqi 3-4 milliongacha (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

 

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.

 

  • idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud;

 

  • zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

 

  • davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

 

Murojaat muddati va manzili:

 

  • nomzodlar 2021-yil 18-may kuniga qadar belgilangan tanlovda ishtirok etish uchun ariza, maʼlumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxasini jizzax@davxizmat.uz elektron pochtasiga yuborishlari yoki Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasiga murojaat qilishlari lozim.

 

  • Aloqa raqamlari: +99872-221-50-50; +99872-226-00-46.

 

Izoh: maʼlumotnoma (obyektivkada) koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nomzodning oʻzi shaxsan javobgardir;

 

Yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettirilishi kerak.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
DXMga oldindan navbatga yozilish
DXMga elektron chipta olish
DXMlar xaritada
Murojaatingizni yo'llang!